O‘zbekiston va BAA tashqi ishlari vazirlari uchrashdi

O‘zbekiston va BAA tashqi ishlari vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan Abu-Dabi shahrida uchrashdi.
Tomonlar, o‘zaro yaqin hamkorlik kundan kunga boyib borayotganini e’tirof etishdi. Kun tartibidan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarning eng dolzarb mavzulari, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar o‘rin oldi.