O‘zbekiston TIV rahbari Xalqaro press-klub yig‘ilishida ishtirok etdi

2020-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ichki va tashqi siyosatning strategik yo‘nalishlarini aniqlab bergan, yilning muhim siyosiy voqeasi – O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan Xalqaro press-klub yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish “O‘zbekiston 24” va “O‘zbekiston” telekanallarida, ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirda namoyish etildi.