O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Hindistonga tashrifi to‘g‘risida

2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi “Raisina Dialogue” 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.