Isroilda saylov jarayoni bo‘lib o‘tmoqda

2019-yilning 22-dekabr kuni soat 8:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da) O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi huzurida tashkil etilgan va Toshkent shahridagi 149-Qo‘yliq saylov okrugiga biriktirilgan 44-saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda avoz berish boshlandi.
Soat 10:30 dagi holatga ko‘ra saylov uchastkasida 50 ga yaqin odam ovoz berdi.
22-dekabr kuni 44-saylov uchastkasida ovoz berish quyidagi manzilda mahalliy vaqt bilan soat 20:00gacha davom etadi: Ramat Gan shahri, Moshe Sharet ko‘chasi, 31.