Islomobod shahrida saylov o‘tkazilmoqda

Soat 8:00 da (Toshkent vaqtiga mos tushadi) O‘zbekistonning Islomobod shahridagi Elchixonasi huzurida tuzilgan va Toshkent shahrining 141-Temiryo‘lchilar saylov okrugiga biriktirilgan 22-saylov uchastkasida Pokistonda yashovchi mamlakatimiz fuqarolarining saylovda ovoz berishi boshlandi.
Elchixona bergan ma’lumotga ko‘ra soat 10:45 holatida saylov uchastkasida 17 kishi ovoz berdi.
Har bir vatandoshimizga Elchixona tomonidan tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” yozuvli ko‘krak nishoni taqdim etildi.
22-saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda.