Rossiya Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida

Rossiya Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida
2022-yil 6-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o’tkazdi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari rahbarlari darajasida Qo'shma komissiyaning 3-Majlisi, shuningdek, Samarqand shahrida 1-2 - dekabr kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston-Rossiya biznes-forumi muvaffaqiyatli o'tkazilgani qayd etildi.
Ikki tomonlama kelishuvlar va iqtisodiy loyihalarning o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.