Saylovoldi tashviqotlariga start berildi

2019-yil 18-noyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha siyosiy partiyalarning va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.
Eslatib oʻtamiz, Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.