O‘zbek talabasi O‘monda o‘tkazilgan madaniy tanlovda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Jumladan, 16 ta davlatdan (Buyuk Britaniya, Bruney, Janubiy Koreya, Italiya, Latviya, Malayziya, Xitoy, Shri-Lanka, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron, Yaponiya va boshqalar) kelgan 40 nafardan ziyod talabalar sirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi, mustaqil tadqiqotchi Barnoxon Ismoilova yurtimiz urf-odatlari, madaniyati, asriy qadriyatlari hamda milliy taomlari taqdimotini namoyish qildi. Shuningdek, talabamiz o‘z chiqishida O‘zbekiston madhiyasini arab tilida ijro etib, tadbir ishtirokchilari olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Barnoxon Ismoilova ikkita asosiy tanlov – «eng yaxshi bezatilgan stend» hamda «eng yaxshi tayorlangan milliy taom» bo‘yicha mutlaq g‘olib, deb topilgani holda asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi.